23 fevral, 2021 yil, Yangiyer, Sirdaryo viloyati, O‘zbekiston – Bugun O‘zbekiston Respublikasining silga qarshi milliy xizmatlarini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Sirdaryo viloyatidagi 12 sog‘liqni saqlash muassasalariga tibbiy asbob-uskunalar taqdim etildi. Marosimda USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ftiziatriya va pulmonologiya milliy markazi va Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari qatnashdilar. Elektron termometrlar, stetoskoplar, tonometrlar, otoskoplar va boshqa shu kabi tibbiy uskunalardan iborat bo‘lgan vositalar mintaqadagi tibbiyot xodimlariga samarali va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishda, tezkor tashxis qo‘yish va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda ko‘mak beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSh hukumati va xalqaro sheriklarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekistonda sil kasalligi va u bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish borasida katta yutuqlarga erishib kelinmoqda. Biroq, ko‘p dori-darmonlarga chidamli sil (MDR-TB) turi O‘zbekistonda hamon muhim muammo bo‘lib qolmoqda. USAID tomonidan Markaziy Osiyoda sil kasalligini kamaytirish va ko‘p dori-darmonlarga chidamli sil (MDR-TB) turini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy va mintaqaviy salohiyatni oshirishni ustuvor maqsadlar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Tadbir davomida USAIDning sog‘liqni saqlash bo‘yicha guruhi rahbari, Anna Meltser shunday dedi “Bugungi tadbir mamlakatda, shu jumladan Sirdaryoda viloyatida ham sog‘liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha AQSh va O‘zbekiston orasida doimiy hamkorlik o‘rnatilganligini namoyish etadi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida O‘zbekiston fuqarolarining sog‘lig‘i va farovonligini yaxshilashda muvaffaqiyatga albatta erishamiz”.

AQShlik ishlab chiqaruvchi “Welch Allyn” tomonidan hadya qilingan tibbiy uskunalar USAIDning Markaziy Osiyoda sil kasalligini tugatish bo‘yicha loyihasi yordamida yetkazib berildi. Uskunalar Sirdaryo viloyatidagi sil kasalligi ambulatoriyalariga (Oqoltin, Boyovut, Guliston, Xovast, Mirzaobod, Sardoba, Sayxunobod va Sirdaryo); Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlaridagi silga qarshi dispanserlar va kasalxonalar; va Sirdaryo viloyat sil va o‘pka kasalliklari markazlariga topshiriladi.

###

USAID dunyodagi ilg‘or xalqaro taraqqiyot agentligi bo‘lib, rivojlanish natijalariga erishishni tezlatib kelmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot uchun USAIDning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi veb-sayti https://www.usaid.gov/central-asia-regional va Facebook sahifasiga https://www.facebook.com/USAIDCentralAsia tashrif buyuring.

###

Image
USAID provides medical equipment
Sanobar Khudaybergenova for USAID