USAID O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashiga Strategik rivojlanishni rejalashtirishda ko‘maklashadi

Speeches Shim

Payshanba, 20 May, 2021
Sanobar Khudaybergenova for USAID

17-19 may kunlari USAIDning qonun ustuvorligini ta’minlash sohasidagi qo‘shma loyihasi doirasida Sudyalar oliy kengashi uchun uzoq muddatli Strategik rivojlanishni shakllantirishga qaratilgan trening ot‘kazildi. Tadbirda Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy maktabining vakillari ishtirok etdi.

“Mustaqil sud hokimiyati hukumat hisobdorligini ta’minlash va fuqarolarga o‘z ishlarining sudda xolisona va qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinishiga ishonchini oshirish uchun juda muhimdir”,- dedi USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori v. b. Syuzan Fayn.

“BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshiriladigan USAIDning qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik qo‘shma loyihasi sudlarning yaxlitligi hamda sud ma’lumotlarining shaffofligi va ochiqligini oshirish sohasida Sudyalar oliy kengashini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, loyiha doirasida Kengashning boshqa sud muassasalari bilan koordinatsiyasini yaxshilashga ko‘mak ko‘rsatiladi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Sudyalar oliy kengashi 2017 yilda O‘zbekistonda sudlarning mustaqilligini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va barcha fuqarolar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

“Sudyalar oliy kengashi sudyalar va sudlarning odil sudlovni amalga oshirish jarayonida mustaqil, axloqiy va samarador bo‘lishini ta’minlash uchun muhim muassasa hisoblanadi. Shu sababli uning samarali ishlashi qonun ustuvorligini himoya qilish va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yanada mustahkamlash uchun juda muhimdir", – deb ta’kidladi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.

Kengashning Strategik rivojlanish rejasi O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faoliyat yo‘nalishini belgilashga xizmat qiladi.

Last updated: October 12, 2021

Share This Page