USAID O'zbekistonda Fuqarolik Jamiyatini Qo’llab-quvvatlaydi

Press Release Shim

Speeches Shim

Dana Beegun delivers welcoming remarks at the Civil Society Conference
Sanobar Khudaybergenova for USAID

For Immediate Release

Yakshanba, 23 May, 2021

2021 yil 21 may, juma – Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning “Huquqiy islohotlarni amalga oshirishda davlat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlik” nomli ikki kunlik konferentsiyani boshladi. Ushbu tadbir mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashda hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha tajriba almashish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 70 nafardan ortiq parlament, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining vakillarini birlashtirdi. 

Konferentsiya O'zbekistondagi fuqarolik jamiyati uchun qulay sharoitlar yaratish va fuqarolik jamiyatining qonun chiqarish jarayonidagi ishtirokini oshirishga qaratilgan milliy qonunchilik va qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, tadbir fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va ko'ngillilik sohalarida kengroq ishtirok etishiga qaratilgan yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

"USAID demokratiya, qonun ustuvorligi va hamma uchun odil sudlovga erishish uchun hukumat bilan sa'y-harakatlarni birlashtirganidan faxrlanadi", - dedi Deyna Bigan, USAIDning O'zbekistondagi Missiyasining Demokratiya va boshqaruv ofisi direktori. "Bugungi tadbir hukumat tashkilotlari tomonidan O'zbekistonning barcha fuqarolari uchun yaxshi kelajak yaratish yo'lida foydali, to'laqonli sherik sifatida qabul qilinayotgan rivojlanayotgan va qobiliyatli fuqarolik jamiyati mavjudligini namoyon qildi", - deya qo'shimcha qildi u.

USAIDning huquqiy islohotlar dasturi O'zbekistonda qonun ustuvorligini yanada rivojlantirish, huquqshunos mutaxassislar va o‘quv muassasalarining salohiyatini oshirish, fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkonini kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati uchun huquqiy muhitni takomillashtirish, gender tenglikni rag‘batlantirish va yanada qulay investitsiya muhitini yaratish borasidagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

###

USAID O'zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog'liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan COVID-19ni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish uchun hamkorlik qilmoqda. Qo'shimcha ma'lumot uchun tashrif buyuring: https://www.usaid.gov/uzbekistan.

###

Last updated: August 10, 2021

Share This Page