USAID O‘zbekistonda sil kasalligiga qarshi kurash xalqaro kunini keng nishonladi

Press Release Shim

Speeches Shim

World TB Day in Tashkent
World TB Day Live Session with International Press Club in Tashkent
Husniddin Ato for USAID

For Immediate Release

Juma, 26 March, 2021

2021 yil 24 mart, Toshkent – Bugun, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro press-klub va fuqarolik jamiyati bilan birgalikda O‘zbekistonda Butunjahon sil kasalligi kunini nishonladi.

Sil kasalligini tugatish Birlashgan Millatlar Tashkilotining global maqsadi bo‘lib, bu hukumatlar, xalqaro donorlar, fuqarolik jamiyati va xususiy tashkilotlarning birgalikdagi va barqaror harakatlarini talab qiladi. Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurashish kuni har yili 24 mart kuni dunyo bo‘ylab nishonlanib, bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad dunyo miqyosida kuniga 4000 ga yaqin insonning hayotiga zomin bo‘ladigan kasallikning aholi salomatligiga bo‘lgan salbiy ta’siri va jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishdan iborat.

O‘zbekiston silga qarshi kurashda barqaror yutuqlarga erishib kelayotgan bir davrda, ushbu kasallikning dori-darmonlarga chidamli turi mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi uchun eng dolzarb muammolardan biri va global sog‘liqni saqlash oldida turgan jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Bunga javoban, USAID tomonidan yaqinda umumiy qiymati 15 million dollardan oshiq bo‘lgan to‘rtta yangi ko‘p yillik sil kasalligiga qarshi dasturlar amalga oshirilishi boshlanib, ularda sil kasalligining oldini olish va davolash bo‘yicha eng ilg‘or xalqaro tavsiyalar, dori-darmonlarga chidamli sil kasalligiga chalingan bemorlarga yordam beradigan yangi dorilar va diagnostika texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

“AQSh hukumat silga qarshi kurashda O‘zbekiston hukumati bilan doimiy hamkorlik qilib kelib, bu kabi ko‘p yillik sheriklikdagi sa’yi-harakatlarimiz natijasida biz sil kasalligi ta’sirini yumshatishga va o‘zbekistonlik oilalarning farovonligini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishga muvaffaq bo‘ldik", - deb ta’kidladi Xalqaro press-klubning jonli efirida ishtirok etgan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Alan Melser. "Birgalikdagi sa’yi-harakatlarimiz yordamida sil kasalligini albatta yengamiz".

USAID ushbu sohadagi mutaxassislarning tayyorgarligini oshirish, dori vositalari, tibbiy va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash, sil kasalligining oldini olish, aniqlash va davolash jarayonini tezlashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash vazirligining sil kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha milliy dasturi bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bu yil, USAID, sil kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha milliy dasturi va uning sheriklari aholining sil kasalligi bo‘yicha xabardorligini oshirish va sil bilan bog‘liq stigma va afsonalarni kamaytirishga qaratilgan mintaqaviy va milliy darajada turli tadbirlar va raqamli dasturlarni amalga oshirishni boshladilar.

###

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida, USAID O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston aholisi salomatligi va farovonligini oshirish yo‘lida ko‘plab tadbirlarni amalga oshirib kelib, shu davr mobaynida mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasiga 130 million dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

###

 

Last updated: August 10, 2021

Share This Page