USAID Oʻzbekiston Ta’lim Tizimini Mustahkamlashga Sodiqligini Yana Bir Bor Ta’kidlaydi

Press Release Shim

Speeches Shim

DOAG Amendment

For Immediate Release

Juma, 6 August, 2021

2021-yil 6-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston – Bugun AQSh Хalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekiston Хalq ta’limi vazirligi uchun xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan ikkita turkum darsliklar uchun litsenziya olganini e’lon qildi. O’n million AQSh dollari qiymatiga teng turkum 5-1-sinflar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fani boʻyicha darslik va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar, shuningdek, 1-11-sinflar uchun "Xorijiy til - Ingliz tili" fanidan darsliklar, ish daftarlari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalardan iborat.

Oʻzbekiston kontekstiga moslashtirilgan darsliklar 2021-2022-oʻquv yilida 200 ta maktabda sinovdan oʻtkaziladi. Ushbu darsliklarning respublika boʻyicha 6.5 milliondan ortiq oʻquvchi oʻrtasida taqsimlanishi 2022-2023-oʻquv yilidan boshlanadi.

Darsliklarga qoʻshimcha ravishda, USAID Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda USAID tomonidan moliyalashtiriladigan "Oʻzbekistonda barkamollik uchun ta’lim dasturi" doirasida ishlab chiqilgan “Ona tili” va “Matematika” (1-4-sinflar), shuningdek, “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanlaridan ta’lim standartlarini topshirdi. Xalqaro standartlarga maksimal moslashtirilgan ushbu yuqori sifatli asosiy hujjatlar Xalq ta’limi vazirligiga ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda yordam beradi.

“Yuqori sifatli ta'lim - taraqqiyotning kuchli drayveri hamda qashshoqlikni kamaytirish va sog'liqni saqlash, gender tengligi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning eng kuchli vositalaridan biri. Bolalar bilim olib, muvaffaqiyat qozonsa, ular o'z hayotini va o'z mamlakatini o'zgartiradigan kattalarga aylanadilar”, - dedi AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum. U qo'shimcha qildi: "Qo'shma Shtatlar Xalq ta'limi vazirligini va umumiy o'rta ta'lim sohasida tizimli va keng qamrovli islohotlar dasturiga sodiqligini qo’llab-quvvatlaydi".

"Biz Amerika Qoʻshma Shtatlari xalqi va hukumatidan, shuningdek, USAIDdan ta’lim sohasini isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizning koʻp jihatlariga doimiy koʻmak va yordam koʻrsatgani uchun minnatdormiz, - dedi Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. - Ma’lumki, soʻnggi bir necha yil ichida Prezidentimizning rahbarligi ostida hukumat ta’lim sohasida sezilarli rivojlanishga erishdi. Biz tez rivojlanayotgan dunyoda tez oʻzgaruvchan texnologiyalar bilan yashayotganimiz sababli bolalarimizni ingliz tili va IT koʻnikmalariga ommaviy ravishda oʻrgatishga e’tibor qaratdik. Ishonchim komilki, hamkorlarimiz yordamida biz farzandlarimizga zamonaviy dunyoda intilish va oʻz salohiyatini toʻliq ochib berishga imkoniyat yaratib beramiz".

Xalq ta'limi vazirligi tizimli va kompleks islohotlarni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Vazirlik oʻquvchilarga maktabda oʻqish jarayonida va uni bitirgandan soʻng muvaffaqiyat qozonishning asosi boʻlgan tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy koʻnikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi ta'lim tizimini yaratish ustida ishlamoqda. 

USAID Vazirlikni islohotlarni amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlash uchun 2019-yilning sentyabr oyida besh yillik Ta’lim tizimini rivojlantirishda ko’maklashish grant shartnomasini (DOAG) imzoladi. Ushbu shartnoma AQSh va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida rivojlanish bo'yicha birinchi keng qamrovli ikki tomonlama grant shartnomasidir.

Bugungi kunga kelib DOAG doirasida 19,5 million AQSh dollari ajratildi. Bugun USAIDning Oʻzbekistondagi Missiyasi direktori Mikaela Meredit va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov DOAG doirasida yana 5.5 million AQSh dollari ajratishni nazarda tutuvchi qo’shimcha hujjatni imzoladi. Bu mablag’lar yoshlarning ishga kirishidan oldin ularning tadbirkorligi va ishga tayyorligini oshirish uchun ishlatiladi.

###

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan COVID-19ni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish uchun hamkorlik qilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot uchun tashrif buyuring: https://www.usaid.gov/uzbekistan.

###

 

Last updated: August 10, 2021

Share This Page