Flag of Uzbekistan

Yangiliklar

Speeches Shim

World TB Day in Tashkent
26-03-2021

Bugun, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro press-klub va fuqarolik jamiyati bilan birgalikda O‘zbekistonda Butunjahon sil kasalligi kunini nishonladi.

Uzbek ministry and USAID are developing student textbooks’ scopes and sequences for schools in Uzbekistan
22-03-2021

Xalq ta’limi vazirligi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda O‘zbekiston maktablari uchun darsliklarning hajm va tartibini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqmoqda. Standartlarga asoslangan barcha sinflar kesimida tayyorlanadigan mazkur hujjatlar batafsil yo‘l xaritalari bo‘lib, o‘quvchilar uchun darslikda va o‘qituvchilar uchun tegishli qo‘llanmalarda darsdan darsga nima o‘tilishi kerakligini aniq belgilaydi.

Scott Hedlund at the opening of of a Modern Communications Room
15-03-2021

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bugun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Zamonaviy aloqa zalining ochilish marosimida qatnashdilar. USAID ko‘magida yaratilgan ushbu noyob inshoot virtual va yuzma-yuz konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar uchun uchrashuv joyi bo‘lib xizmat qiladi.

USAID provides medical equipment
23-02-2021

Bugun O‘zbekiston Respublikasining silga qarshi milliy xizmatlarini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Sirdaryo viloyatidagi 12 sog‘liqni saqlash muassasalariga tibbiy asbob-uskunalar taqdim etildi. Marosimda USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ftiziatriya va pulmonologiya milliy markazi va Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari qatnashdilar. Elektron termometrlar, stetoskoplar, tonometrlar, otoskoplar va boshqa shu kabi tibbiy uskunalardan iborat bo‘lgan vositalar mintaqadagi tibbiyot xodimlariga samarali va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishda, tezkor tashxis qo‘yish va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda ko‘mak beradi.

Healthcare workers training
22-02-2021

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun COVID-19 bilan kasallangan intensiv terapiyaga va o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasiga muhtoj og‘ir bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha onlayn-trening tashkillashtirdi. Mazkur trening USAIDning O‘zbekistondagi «COVID-19ga qarshi kurashda Sog‘liqni saqlash tizimining barqarorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Pages

Last updated: January 04, 2022

Share This Page