Flag of Uzbekistan

Yangiliklar

Speeches Shim

ADA call
22-06-2021

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etib, xususiy mahalliy agrosanoat korxonalari o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymat zanjirini yanada rivojlantirish, savdo ko‘lami va hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, hamda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirishga qarataligan biznes g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi.

Mikaela Meredit
11-06-2021

Bugun Mikaela Meredit AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O'zbekistondagi Missiyasining birinchi direktori sifatida o'z vazifasini boshladi. Rivojlanish sohasida USAID bilan qariyb 30 yillik tajribaga ega Mikaela Meredit ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin 2018 yildan 2021 yilgacha USAIDning Albaniyadagi vakili va 2015 yildan 2018 yilgacha Ozarbayjonda USAID Missiyasining direktori bo'lib ishlagan. Shuningdek, u Yaman, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Vashingtonda (AQSh) turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. U AQShning Nyu-Yorkdagi Kolumbiya Universiteti Xalqaro aloqalar maktabining magistr darajasiga ega.

Dana Beegun delivers welcoming remarks at the Civil Society Conference
23-05-2021

Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning “Huquqiy islohotlarni amalga oshirishda davlat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlik” nomli ikki kunlik konferentsiyani boshladi. Ushbu tadbir mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashda hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha tajriba almashish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 70 nafardan ortiq parlament, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining vakillarini birlashtirdi. 

20-05-2021

17-19 may kunlari USAIDning qonun ustuvorligini ta’minlash sohasidagi qo‘shma loyihasi doirasida Sudyalar oliy kengashi uchun uzoq muddatli Strategik rivojlanishni shakllantirishga qaratilgan trening ot‘kazildi. Tadbirda Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy maktabining vakillari ishtirok etdi.

05-05-2021

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimli va kompleks islohotlarni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Oʻzbekiston maktab bitiruvchilariga muvaffaqiyat qozonishning asosi boʻlgan tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy koʻnikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi ta'lim tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Islohotlar rejasi ta'lim sohasi xodimlarining oʻqitish amaliyotini oʻzgartirish, ya’ni yodlash va faktlarga asoslangan ta'lim tizimidan oʻquvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan tizimga oʻtishga qaratilgan.

Pages

Last updated: January 04, 2022

Share This Page