Flag of Uzbekistan

Yangiliklar

Speeches Shim

TB conference
16-09-2021

2021 yil 16 sentyabr, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun Toshkentda Markaziy Osiyoda tuberkulyozni integratsiyalashgan nazorat qilish bo‘yicha beshinchi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Uch kun davom etadigan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, KfW taraqqiyot banki va Silni to‘xtatish (Stop TB Partnership) harakati ko‘magida tashkil etilgan.

women's summit
23-08-2021

Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ayol rahbarlar, tadbirkorlar, ayollarga tegishli kichik va o‘rta biznes korxonalari, faollar, inflyuyenserlar, blogerlar, ayollar boshchiligidagi biznes uyushmalari va tegishli nodavlat tashkilotlari uchun “Ayollar kuchi: pandemiyadan keyingi o‘sish tendensiyalari” nomli ayollar sammitini o‘tkazdi.

USAID and Uzbek Ministry of Agriculture sign MOU
20-08-2021

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. USAID nomidan USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit va Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan vazir Jamshid Xo‘jayev 2021 yilning 20 avgust sanasida o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandumning maqsadi - yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish dasturi orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

DOAG Amendment
06-08-2021

Bugun AQSh Хalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekiston Хalq ta’limi vazirligi uchun xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan ikkita turkum darsliklar uchun litsenziya olganini e’lon qildi. O’n million AQSh dollari qiymatiga teng turkum 5-1-sinflar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fani boʻyicha darslik va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar, shuningdek, 1-11-sinflar uchun "Xorijiy til - Ingliz tili" fanidan darsliklar, ish daftarlari va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalardan iborat.

01-07-2021

1 iyul, 2021 yil, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun Qo‘shma Shtatlar o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati 399 213 dollarga teng bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazib berdi. Keltirilgan yuk to‘yimli sabzavotlar va dukkaklilar aralashmasidan iborat bo‘lib, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari va yordamga muhtoj oilalarga tarqatiladi.

Pages

Last updated: January 04, 2022

Share This Page